SMS Gateway

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 22.11.2026 · Ilova: SendSMS Gateway (uz.sendsms.app) · Xizmat: https://sendsms.uz

1. Biz kimmiz

SendSMS Gateway — tadbirkorlarga o‘z telefon raqamidan (o‘z SIM kartasidan) o‘z mijozlariga SMS yuborish imkonini beruvchi xizmat. U web panel, REST API va Android ilovadan iborat. Android ilova faqat xizmatda ro‘yxatdan o‘tgan hisob egasi tomonidan, uning o‘z telefonida, SMS shlyuz sifatida ishlatiladi.

2. Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

  • Hisob ma’lumotlari: ism yoki kompaniya nomi, email, telefon raqami, parol (faqat bcrypt hash ko‘rinishida).
  • Mijozlar bazasi: hisob egasi o‘zi kiritgan mijozlar ismi, telefon raqami, ixtiyoriy tug‘ilgan kun, to‘lov muddati va summasi, izoh.
  • Xabarlar: hisob egasi yuborgan SMS matni (serverda AES-256 bilan shifrlangan holda), qabul qiluvchi raqami, yuborish holati va vaqtlari.
  • Qurilma ma’lumotlari (Android ilova): telefon modeli, Android versiyasi, ilova versiyasi, batareya darajasi va quvvatlanish holati, tasdiqlangan SIM raqami, IP manzil, oxirgi aloqa vaqti.
  • To‘lov ma’lumotlari: Click tranzaksiya raqami, to‘lovchi telefoni va hisob egasi yuklagan chek rasmi. Karta raqamlarini biz qabul qilmaymiz va saqlamaymiz.
  • Xavfsizlik jurnali: kirishlar, API token yaratilishi, qurilma ulanishi kabi amallar, IP manzil va brauzer nomi.

3. SMS ruxsatlaridan foydalanish (Android)

  • SEND_SMS — ilovaning asosiy vazifasi: hisob egasi web panel yoki API orqali navbatga qo‘ygan SMS’larni uning SIM kartasidan yuborish.
  • RECEIVE_SMS — faqat bitta maqsadda: ulash vaqtida telefon raqamini tasdiqlash uchun kelgan 6 xonali kodni avtomatik o‘qish. Ilova boshqa kiruvchi SMS’larni o‘qimaydi, saqlamaydi va serverga yubormaydi; tinglovchi faqat tasdiqlash ekrani ochiq turganda ishlaydi.
  • READ_PHONE_STATE — ikki SIM kartali telefonlarda hisob egasi tanlagan SIM orqali yuborish uchun.
  • Ilova telefon kontaktlariga, qo‘ng‘iroqlar tarixiga, SMS tarixiga va joylashuvga kirmaydi.

4. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadi

Ma’lumotlar faqat xizmatni ko‘rsatish uchun ishlatiladi: SMS yuborish va holatini ko‘rsatish, obuna va to‘lovlarni hisobga olish, hisobni himoya qilish va suiiste’mollarning (spam) oldini olish. Biz ma’lumotlarni sotmaymiz, reklama uchun ishlatmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz. SMS’lar hisob egasining mobil operatori orqali yetkaziladi. Qonun talab qilgan holatlar bundan mustasno.

5. Saqlash va himoya

  • Barcha ulanishlar HTTPS (TLS) orqali shifrlanadi.
  • SMS matnlari bazada shifrlangan; API va qurilma tokenlari faqat hash ko‘rinishida saqlanadi.
  • Android ilovada qurilma tokeni Android Keystore bilan shifrlangan holda saqlanadi va zaxira nusxaga tushmaydi.
  • Ma’lumotlar hisob faol bo‘lgan davr davomida saqlanadi. Hisob o‘chirilganda u bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar (mijozlar, xabarlar, qurilmalar, to‘lov cheklari) o‘chiriladi.

6. Hisob egasining majburiyati

Hisob egasi faqat o‘ziga roziligini bergan shaxslarga xabar yuborishi kerak. Mijozni «SMS olishdan voz kechgan» deb belgilash mumkin — unga hech qanday xabar yuborilmaydi. Spam tarqatgan hisoblar bloklanadi.

7. Sizning huquqlaringiz

Siz o‘z ma’lumotlaringizni panelda ko‘rishingiz, tahrirlashingiz, CSV formatida eksport qilishingiz va hisobingizni to‘liq o‘chirishingiz mumkin — hisobni o‘chirish sahifasiga qarang.

8. Bolalar

Xizmat 18 yoshdan kichiklar uchun mo‘ljallanmagan.

9. Aloqa